Andijon shahrida yashovchi ayol 2023 yilning may oyida ATB “Kapitalbank” Yagona filiali Andijon smartbankdan kredit qarzi olgan. Biroq, kredit to‘lovlari belgilangan muddatlarda to‘lab borilmagan.
Byuroning Bo‘ston tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, undiruvchi ATB “Kapitalbank” Yagona filiali Andijon smartbank foydasiga qarzdor N.A.dan 316 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor N.A.ga tegishli “Tracker 2” avtomashinasi xatlanib, sotuvga chiqarilgan.
Avtomashina yagona elektron savdo maydonchasi orqali 209 mln. so‘mga sotildi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilgan.
Afsuski, “Tracker 2” sotuvidan tushgan mablag‘lar ham qarzdorlikni to‘liq bartaraf eta olmadi. Hozirda, qarzdorlikning qolgan qismini undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.