Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bankdan kredit olish uchun haydovchi 34 ta jarimasini to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Bankdan kredit olish uchun haydovchi 34 ta jarimasini to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Bank idorasiga kredit olish maqsadida borgan fuqaroning arizasi rad etilib, avvalo, MIB oldidagi qarzlarini to‘lashi tushuntirilgan.

Sababi, Andijon shahrida yashovchi X.U. yo‘llarda belgilangan tezlikni oshirganligi uchun 34 marotaba jarimaga tortilgan. Belgilangan jarimalarning esa birortasini to‘lamagan.

Majburiy ijro byurosi Andijon tumanlararo bo‘limiga kelgan fuqaro kredit olishi uchun tez fursatlarda barcha qarzlarini to‘lashini bildirgan va 34 ta qoidabuzarligi uchun jami 10 850 000 so‘m miqdorida jarima pullarini to‘ladi.

Kiritildi: 14:53 14.01.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!