Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bangladesh va Hindistonda millionlab odamlar elektrsiz qoldi

A A A
Bangladesh va Hindistonda millionlab odamlar elektrsiz qoldi

“Remal” sikloni Bangladesh va Hindistonning qirg‘oq hududida bo‘ron, kuchli yomg‘ir keltirib chiqardi.

“Bangladesh yangiliklari-24” internet portali yozishicha, sohil bo‘yidagi yuzlab qishloqlarni suv bosgan, tezligi 33 metr/soniyaga yetgan shamol uylar tomini uchirib ketgan, daraxtlar, elektr ustunlarini qulatgan. 3 millionga yaqin odam yashaydigan hudud tokdan uzilgan. Hozircha kamida uch kishi halok bo‘lgani aytilyapti.

Hindiston polisiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, G‘arbiy Bengaliya poytaxti Kalkutta shahrida 50 dan ziyod xalqaro va mahalliy reys bekor qilindi.

Janubiy Osiyoda joylashgan Bangladesh va Hindistonning pastki qirg‘og‘i so‘nggi yillarda tez-tez kuchli bo‘ronga duch kelmoqda. Bu holat iqlim o‘zgarishi – dengiz yuzasi harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq. “Remal” mintaqada bu yilgi birinchi siklon.

– Erta ogohlantirish va vaqtida evakuasiya qilish har ikki davlatni jiddiy talofatdan asragan bo‘lsa-da, energetika infratuzilmasi jiddiy shikastlangan, – dedi Energetika vazirligi rasmiylari. – Bangladesh hukumati baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ko‘plab hududlarda elektr tokini uzdi. Buning ustiga qulagan daraxtlar, uzilgan simlar ham energiya ta’minotini to‘xtatib qo‘ydi. Natijada qirg‘oq bo‘yidagi ayrim shaharlar zulmatda qoldi.

Kiritildi: 19:18 27.05.2024. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!