Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lganlarni ishga qabul qilganlar uchun tanlov e’lon qildi

Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lganlarni ishga qabul qilganlar uchun tanlov e’lon qildi

G‘oliblar vazirlikning byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlar uchun “Eng yaxshi ish beruvchi” tanloviga arizalar qabul qilmoqda.

Unda mamlakatning istalgan tumani (shahar)dan faqat nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Bundan budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno.

Ish beruvchilardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash vazirlikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

G‘oliblar vazirlikning byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni 20 noyabr soat 18:00gacha Bandlik vazirligining Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 8-uy manziliga yoki info@bv.gov.uz elektron pochtasiga jo‘natish kerak.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etilishlari kerak:

- ariza shakli;

- davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

- tashkilotda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumot;

- ish o‘rinlari moslashtirilganligi haqida ish o‘rinlarini attestasiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa nusxasi va boshqalar.

Batafsil ma’lumotlarni vazirlikning +99871 203−01−40 (ichki raqam 749) telefon raqami orqali olish mumkin. Ariza shakli bu yerda.

Kiritildi: 02:40 12.11.2024. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!