Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“Bandlik bo‘limiga ish qidirish uchun emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilinmoqda”

A A A
“Bandlik bo‘limiga ish qidirish uchun emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilinmoqda”

Ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish va aholi bandligiga ko‘maklashish, ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida imkoniyatlar yaratilmokda.

Jumladan, amaldagi tartib bo‘yicha ish bilan band bo‘lmagan fuqaro bandlik organiga maslahat olish uchun yoki ish ishlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishi lozim. Bunda, kam ta’minlanganlik toifasidan chiqish maqsadida ish bilan ta’minlanishga xarakatini inobatga olib, ushbu fuqarodan rasmiy bandlik talab etilmaydi.

Lekin, amaliyotda fuqarolar ushbu imtiyozdan boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. Ya’ni, aksariyat fuqarolar faqatgina nafaqa tayinlanishi uchun bandlik organiga murojaat qilib, nafaqa tayinlangandan so‘ng bandlik organiga ish izlab qaytib murojaat qilmagan.

Bir so‘z bilan aytganda fuqarolar bandlik organiga “ish qidirib emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilmoqda” degan xulosaga kelish mumkin.

Achinarlisi, norasmiy daromad olayotgan fuqarolar ham bandlik bo‘limiga “maslahat olish” uchun murojaat qilib, bolalar nafaqasi olish holatlari mavjud. Bu esa, daromadini rasmiylashtirgan bolalar nafaqasi olmaydigan oilalarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur vaziyatni o‘zgartirish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinyapti.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun) mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila a’zosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kirmasa yoki mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan bo‘lsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi.

Kiritildi: 23:05 27.10.2023. O'qildi: 1994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!