Kosovo, Albaniya va Xorvatiya harbiy ittifoq to‘g‘risida uch tomonlama deklarasiya imzoladi.
Kosovo mudofaa vaziriga ko‘ra, bu deklarasiya mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarishga urinayotgan har qanday davlatga aniq signal bo‘ladi.
Qayd etilishicha, ushbu memorandum harbiy salohiyatni mustahkamlash va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan.