Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

BAAdagi auksionda avtomobil raqami 15 million dollarga sotildi

A A A
BAAdagi auksionda avtomobil raqami 15 million dollarga sotildi

Dubaydagi auksionda avtomobil raqami rekord darajadagi 55 million dirhamga (taxminan 15 million dollar) sotildi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ma’lum qilinishicha, Emirates Auction P7 davlat raqamini shanba kuni xayriya kimoshdi savdosida sotgan. Tushumlar muhtojlarga yordam berish maqsadida BAA vise-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al-Maktumning "1 milliard porsiya” gumanitar tashabbusini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Kim oshdi savdosi g‘olibi nomi oshkor etilmagan.

Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobil raqamlarini kim oshdi savdosida sotish g‘ayrioddiy hol emas. Avvalgi rekord 2008 yilda o‘rnatilgan edi. Mahalliy tadbirkor Said Abdel G‘affar Xuri Abu-Dabida 1 raqamli avtomobil raqami uchun 52,2 million dirham (taxminan 14,2 million dollar) to‘lagan.

Kiritildi: 22:20 11.04.2023. O'qildi: 2750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!