Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi

Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘laganini ma’lum qildi. Bosh muharrir shu sabab ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan, deb xabar beradi "gazeta.uz"

«Bugun muassisimiz Mubashshir Ahmad yig‘ilish chaqirdilar. Saytimizda e’lon qilingan ayrim maqolalarni olib tashlashimizni aytdilar», — deb yozgan u Facebook sahifasida.

Abdulaziz Muborak ushbu maqolalarni o‘chirmaganligini, oldinroq saytdan olib tashlangan bir necha maqolalar ham Qo‘mita raisining o‘rinbosari qo‘ng‘iroqlari sababli o‘chirilganligini aytadi.

AOKA ushbu holat bo‘yicha bayonot berib, «davlat idoralarini jurnalistlarga nisbatan bosim o‘tkazmaslikka, tahririyat xodimlarini esa jurnalistlik odob-axloq qoidalariga amal qilishga» chorladi. Agentlik bunday nizoli masalalarni sud orqali hal etish belgilanganini eslatib o‘tdi.

Kiritildi: 11:10 04.02.2021. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!