Aviakompaniya o‘z qarorini parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohladi. Azerbaijan Airlines ga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Qozon osmonida havo hududi tez-tez yopib qo‘yilmoqda.
2024 yil 25 dekabr kuni Boku–Grozniy yo‘nalishidagi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan, natjada 38 kishi halok bo‘lgan edi. Laynerga Grozniy osmonida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi snaryadi bilan zarar yetkazilgandi. Shundan so‘ng Azerbaijan Airlines Rossiyaning o‘nta shahriga – Grozniy, Maxachkala, Sochi, Mineralniye vodi, Vladikavkaz, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Ufa va Volgogradga reyslarni to‘xtatgan edi.
Bundan tashqari, FlyDubai, Qazaq Air va El Al aviakompaniyalari ham Rossiyaga parvozlarni to‘xtatgan.