25 dekabr kuni AZAL’ga tegishli Embraer 190 samolyoti halokatga uchraganiga bir yil bo‘ldi. Baku–Grozniy yo‘nalishidagi J2 8243 reysi Qozog‘istonning Aktau shahridan 3 km uzoqlikda avariyaviy qo‘nish qilgan edi.
Fojea oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, 29 nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev topshirig‘iga muvofiq, aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun Bosh vazir Ali Asadov rahbarligida davlat komissiyasi tuzilgan.