Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari belgilangan. Ushbu qoidalar 2025 yil 20 iyuldan kuchga kiradi.
Havo transportida — 1000 AQSh dollari;
—temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari;
—avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, temir yo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarida tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda ikki kalendar kundan, havo transportida uch kalendar kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi.
Bunda ushbu tovarlarga bojsiz olib kirish normasidan ortiq deb qaraladi hamda tovarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.