Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

A A A
Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

Hukumat qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga temiryo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temiryo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.

Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temiryo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.

Kiritildi: 18:00 07.11.2024. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!