Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ayrim jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga attestasiyasiz malaka toifasi beriladi

Ayrim jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga attestasiyasiz malaka toifasi beriladi

Hukumat qarori (106-son, 20.02.2020 y.) bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya ma’lum qildi "huquqiyaxborot" telegram kanali.

Jumladan, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

✅ Ta’lim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestasiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:
•  tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
•  viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi); 
•  xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

Shuningdek, endilikda OTMlar reytingini aniqlashda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat ham mezon sifatida hisobga olinadi.

Kiritildi: 21:04 21.02.2020. O'qildi: 3315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!