Bugun 21 iyun, 2024 yil, juma

КИР

“Ayolga 61 marta pichoq sanchgan”: Toshkentda harbiy xizmatchining 19 yil avvalgi qotilligi fosh bo‘ldi

“Ayolga 61 marta pichoq sanchgan”: Toshkentda harbiy xizmatchining 19 yil avvalgi qotilligi fosh bo‘ldi

Bugun, 2024 yilning 13 iyun kuni soat 15:00 da Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida sudya A.Abdulhayev raisligida bundan 19 yil oldin sodir etilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda daryo.uz yozmoqda.

Sud hujjatlarida aytilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan harbiy qismda stansiya boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan 24 yoshli yigit Toshkent shahridagi kafelarning birida 19 yoshli ayol bilan tanishib qolgan. U bilan ishqiy munosabatga kirishgan.

Shundan so‘ng R.Mamatqulov D.Begimova bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari davomida u bilan ikki marotaba jinsiy yaqinlik qilgan. Natijada o‘zida holsizlik, jinsiy a’zolarining yallig‘lanishi kabi kasallik belgilari paydo bo‘lgan. 2005 yil avgust oyi boshlarida Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik shifoxonasiga murojaat qilib, tibbiy-laboratoriya tahlillaridan keyin o‘zida o‘tkir bakterial uretrit va teri-tanosil kasalliklari turkumiga kiruvchi ganoreya kasalligini aniqlagan. Shunday bo‘lsa-da, u D.Begimova bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlarini davom ettirgan. Marhuma bilan birga yashagan hamda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolning Samarqand viloyatiga ketganidan foydalangan erkak yana ayolning yoniga borgan. To‘rtinchi marotaba jinsiy aloqada bo‘lgach, ayolga undan kasallik yuqtirib olganini aytib, ayolning xizmati uchun berilishi lozim bo‘lgan 200 ming so‘m pulni bermagan. Shundan so‘ng ayol bilan janjal chiqqan. Erkak ayolning haqoratli va behayo so‘zlariga chiday olmasdan, uni pichoqlay boshlagan. D.Begimovaning bo‘yin o‘ng yon qismiga bir marotaba, bosh chap chakka-peshona, chap yuz qismiga yigirma ikki marotaba, pastki jag‘osti chap qismiga bir marotaba, ko‘krak qafasining chap tomoniga bir marotaba, qorin devori old va yon qismlariga besh marotaba, ko‘krak qafasining o‘ng tomoniga o‘n ikki marotaba, ko‘krak qafasi orqa tomoni o‘ng kurakosti va bel sohalariga sakkiz marotaba, o‘ng son qismiga o‘n bir marotaba, umumiy hisobda hayot uchun xavfli bo‘lgan jami oltmish bir marotaba pichoq bilan tan jarohati yetkazib, uni o‘ta shafqatsizlik bilan ta’magirlik niyatida qasddan o‘ldirgan, — deyiladi tergov hujjatlarida.

Sudda so‘z olgan sudlanuvchi aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini aytib, vijdon amri bilan aybini tan olganini, tergov paytida aybiga o‘zi iqror bo‘lganini bildirdi.

Sud unga uzil-kesil 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Kiritildi: 18:28 13.06.2024. O'qildi: 5870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!