Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Avtomobillar va aholi soni oshmoqda, YTHlar esa kamaymoqda

Avtomobillar va aholi soni oshmoqda, YTHlar esa kamaymoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “2025 yilda O‘zbekistonda 1854 kishi YTH qurboni bo‘ldi. YTH oqibatidagi o‘limlar soni 2024 yilga nisbatan oshgan.” degan xabarlar tarqalmoqda. Biroq YHXX bu ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini bildirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021–2025 yillarda aholi soni 35,2 mln nafardan 38,2 mln nafarga, transport vositalari esa 3,8 mln tadan 5,5 mln tagacha oshgan. Shunga qaramasdan, YTHlar har 100 ming aholiga nisbatan 2022 yildagi 27,5 tadan 2025 yilda 24,1 tagacha kamaygan.

2025 yilda YTHlar oqibatida 2 188 nafar inson halok bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan pasaygan bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari samara berayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: Bugun 21:54. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!