Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Avtomaktab o‘rgatuvchi ustasi va hisobchi qo‘lga tushdi

Avtomaktab o‘rgatuvchi ustasi va hisobchi qo‘lga tushdi

Soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «G.H.» avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSh dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlanib, G‘.Q. tomonidan 100 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Vataparvar» tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi SH.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 00:51 10.11.2024. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!