Tailandda avtobusning daraxt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Khaosod gazetasi ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, baxtsiz hodisa Surat-Tani provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 19:30da sodir bo‘lgan. Avtobus qirollikning janubidagi Yala provinsiyasida joylashgan Betong shahridan Bangkokga ketayotgan edi. Unda 30 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Tailand yo‘l-transport hodisalarining oldini olish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi yil bayramlarining besh kunida Tailand yo‘llarida qurbonlar soni 215 kishiga ko‘paydi va 1,3 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish, mast holda haydash va qator qoidabuzarliklari bo‘lgan. Voqealarning aksariyati motosiklchilar bilan bog‘liq.