Arxeologlar Avstriya g‘arbidagi tuz konidan tahminan 2000 yildan ortiq bo‘lgan, yaxshi saqlanib qolgan bolalar charm poyabzallarini topdi, deb xabar beradi Kazinform.
Boxum shahrida joylashgan Germaniya konchilik muzeyi xabariga ko‘ra, topilgan, taxminan 30 o‘lchamdagi poyabzal miloddan avvalgi II asrga tegishli deb taxmin qilinadi. Poyabzal arxeologlar tomonidan tosh tuzi qazib olish temir davriga borib taqaladigan Dyurrnberg qishlog‘ida topilgan, deyiladi Germaniya konchilik muzeyining tadqiqot bo‘limi matbuot bayonotida.
Tuz konlari tufayli bolalar poyabzali juda yaxshi holatda saqlanib qolgan deyiladi.
Muzey ma’lumotlariga ko‘ra, Dyurrnbergda temir davri konchilarining hayot tarixiga oid ma’lumotlar va faktlarni to‘plash maqsadida qazishmalar olib borilmoqda.
Arxeologlar, shuningdek, yog‘och belkurak, kiyimlarni topdilar.
Qayd etilishicha, topilgan poyabzal bog‘ichlari qoldiqlari zig‘irdan yasalgan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, oyoq kiyimlarning topilishi shaxtalarda bolalarning bo‘lganligini tasdiqlaydi.