Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Avstriyada YTH: bir kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi

A A A
Avstriyada YTH: bir kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi

Avstriya janubida YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Sayyohlar bo‘lgan avtobus qirg‘oqdan yiqilib, bir necha marta ag‘darilgan va ofis binosi tomiga qulagan. Yaralanganlardan besh kishi, jumladan haydovchining ahvoli og‘ir, deya xabar beradi Euronews.

Qayd etilishicha, bir guruh erkaklar ulardan birining to‘yi oldi ziyofatidan qaytayotgan bo‘lib, faqat kuyov vafot etgan.

Ammo qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin edi: avtobusning to‘g‘ridan-to‘g‘ri orqasida o‘t o‘chirish mashinasi harakatlanar edi, uning ekipaji darhol qutqaruv ishlarini boshlab yubordi. Bundan tashqari, Qizil Xochning mahalliy bo‘limi yaqin joyda joylashgan bo‘lib, bu darhol birinchi yordam ko‘rsatish va yaradorlarni evakuasiya qilish imkonini berdi.

Kiritildi: 19:43 27.02.2023. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!