Avstriyaning Konstitusiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash federal boshqarmasining sobiq xodimi Egisto Otto Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Bu haqda mamlakat prokuraturasi matbuot kotibi Nina Bussek ma’lum qildi.
Otto Vena prokurorlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va maxfiy razvedka xizmatlaridan Avstriya zarariga foydalanishda ayblanib, tergov qilinmoqda.