Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Avstriyada 17 islomofob sud qilinmoqda

A A A
Avstriyada 17 islomofob sud qilinmoqda

Avstriyaning Gras shahrida “Avstriya identarist harakati” deb ataluvchi guruhning 17 a’zosi irqchilik va islomofobiyada ayblanib javobgarlikka tortildi. Bu haqda Islam-Today nashri xabar bermoqda.

Ular xususan jinoiy guruhga a’zolik, mulkka zarar yetkazish, nifoq va irqchi fikrlarni tarqatishda ayblanmoqda. Prokuraturaning fikricha, ayblanuvchilar atayin Islom dinini terrorizm bilan bog‘lash va musulmonlarni terrorchi qilib ko‘rsatish orqali Avstriya jamiyatida xavotir paydo qilgan.

Islomofoblar 2016 yilda Gras shahridagi binolardan birining tomiga “Islomlashuv halokatli” degan plakat o‘rnatgan, 2017 yilda esa Turkiya prezidenti Rajap Tayyib Erdog‘anni Avstriyadagi barcha turklarni olib ketishga chaqirgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:05 06.07.2018. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik