Avstriya Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga olishini bildirdi. Bu haqda mamlakatning Yevropa Ittifoqi va Konstitusiya masalalari bo‘yicha vaziri Karolina Edtshtadler ma’lum qildi.
U Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilinishi va chiqishi Putin “Avstriya tuprog‘iga qadam qo‘ygan bo‘lsa, uni hibsga olish kerak” degan ma’noni anglatishini ta’kidladi.
“Avstriya xalqaro va jinoiy qonunchilik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi”, — dedi Edtshtadler.
Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti va uning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni Rossiya hududiga majburan deportasiya qilishda ayblab, uni hibsga olishga order berdi.