Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Avstriya kansleri koalisiya bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun iste’foga chiqadi

Avstriya kansleri koalisiya bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun iste’foga chiqadi


Kansler Karl Nehammer o‘z video murojaatida yaqin kunlarda hukumat rahbari va konservativ Avstriya xalq partiyasi (AXP) rahbari lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Uning bayonoti AXP Avstriya sosial-demokratik partiyasi (ASDP) bilan hukumat koalisiyasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatganidan ko‘p o‘tmay yangradi.

Shu bilan birga, kansler o‘ta o‘ngchi Avstriya erkinlik partiyasi (AYEP) bilan koalisiya muzokaralarini o‘tkazishga hali tayyor emasligini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, radikallar hech qanday muammoga yechim taklif qilmaydi", — dedi Nehammer.

30 sentyabr kuni Avstriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida o‘ng qanot populist AYEP 29,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Hukmron AXP 26,5% bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, ASDP esa 21,1% ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:17 05.01.2025. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!