Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Avstraliyaga musulmonlarning kirishini taqiqlash talab etildi

A A A
Avstraliyaga musulmonlarning kirishini taqiqlash talab etildi

Avstraliyaning Kvinslend shtati senatori Freyzer Anning Avstraliyaga musulmon migrantlarning kelishini taqiqlashni va migrasiya masalasini hal qilishni talab etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.  

Senat (parlamentning yuqori palatasi)da nutq so‘zlagan Anning musulmonlarni assimilyasiyada aybladi va “migrasiya muammosining yakuniy yechimi”ni topishni talab qildi.

Ammo senatorning bu talabi tanqidlarga sabab bo‘ldi. Chunki “yakuniy yechim” iborasi Germaniyada nasistlar tomonidan qo‘llangan bo‘lib, “yahudiy masalasining yakuniy yechimi”ni, ya’ni ularning yo‘q qilinishini ko‘zda tutgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:34 16.08.2018. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik