Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Avstraliyada samolyot timsohlar bor daryoga quladi

A A A
Avstraliyada samolyot timsohlar bor daryoga quladi

Avstraliya shimolida yengil samolyot qulab tushdi va uchuvchi halok bo‘ldi.

Bu haqda Shimoliy hudud polisiyasi xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, halokat 12 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:20 atrofida yuz bergan. Samolyot Darvindan 60 km shimoli-sharqda joylashgan Midl-Poynt qishlog‘ida joylashgan to‘g‘onga qulagan. Samolyot bortida 63 yoshli uchuvchi va 29 yoshli yo‘lovchi bo‘lgan. 29 yoshli yo‘lovchiga zarar yetmadi.

Polisiyaning ta’kidlashicha, samolyot ko‘plab sho‘r suv timsohlari yashaydigan to‘g‘onga olib boruvchi suv yo‘llaridan biriga qulagan. Qutqaruvchilar halokatga uchragan samolyotdan avvaliga "jarohatlanmagan yo‘lovchini, keyin esa uchuvchining jasadini" chiqarib olishdi.

Kiritildi: 11:10 13.01.2025. O'qildi: 2597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!