Avstraliya Ukrainaga yana 30 ta Bushmaster jangovar zirhli texnikasini va’da qildi - bu haqda Ukraina prezidenti va Avstraliya bosh vaziri NATOning Vilnyusdagi sammiti doirasidagi uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
"Rahmat! Yangi kuchli mudofaa paketi, shu jumladan 30 ta Bushmaster”, — deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvdan keyin.
“Bugun men prezident Zelenskiy bilan Avstraliyaning Ukrainaga qo‘shimcha 30 ta Bushmaster sovg‘a qilish qarori haqida ma’lumot berish uchun yana uchrashganimdan xursandman”, dedi Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz.
Bungacha Avstraliya Ukrainaga 90 ta Bushmaster zirhli texnikasini hadya qilgan edi va Avstraliya harbiy yordamining umumiy hajmi 700 million dollardan oshib ketdi.