Avstraliya Bosh vaziri neft ta’minotini kafolatlash uchun Singapurga tashrif buyuradi.
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Yaqin Sharqdagi urush sababli neft narxi keskin ko‘tarilgan bir vaqtda, mamlakatga yoqilg‘i importini ta’minlash maqsadida shu hafta Singapurga borishini ma’lum qildi.
Mamlakat qayta ishlangan neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 90 foizini import hisobiga qoplaydi va Singapur uning eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Albanezening payshanbadan shanbagacha davom etadigan tashrifi davomida Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan tabiiy gaz kabi "hayotiy muhim xomashyolar" savdosini muhokama qilishi kutilyapti.
"Bizni Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning har ikki davlatga ko‘rsatadigan ta’siri xavotirga solyapti", — dedi Albaneze.
"France-Presse" agentligining xabar berishicha, o‘tgan oyda ikki davlat energiya yetkazib berish zanjiri barqarorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma majburiyat olgan edi. Hozirda Avstraliya hukumati yoqilg‘i quyish shaxobchalarida dizel va benzin taqchilligi kamayganini qayd etmoqda.