Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Avgust oyida banklarning kredit qo‘shilmalari 509,7 trillion so‘mga yetdi

Avgust oyida banklarning kredit qo‘shilmalari 509,7 trillion so‘mga yetdi

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yilning avgust oyida banklarning kredit qo‘shilmalari ancha faol – 9 trln. so‘mdan oshib, 509,7 trln.so‘mga yetgan.

Biroq kredit qoldig‘ining o‘sishi oxirgi davrda chakana kreditlash hisobiga ro‘y berayotgani yo‘q. Oy davomidagi o‘sishning faqat 2,9 trln. so‘mlik qismi chakanaga to‘g‘ri kelgan. Ipotekaning o‘sishi yana sekinlashgan (+865 mlrd. so‘m). Negizini avtokreditlar tashkil etuvchi iste’mol kreditlari qoldig‘i 332 mlrd. so‘mga qisqargan (uchinchi oy ketma-ket). Chakana mahsulotlardan asosan mikroqarzlar faol o‘smoqda (+1,7 mlrd. so‘m).

Korporativ kreditlar qoldig‘i juda yuqori darajada, 6,1 trln. so‘mga ko‘paygan. Korporativ kreditlashda yuqori faollikni davlat banklari yaratmoqda. Markazlashgan resurslar hisobiga ma’muriy kreditlashda yetakchilik qiladigan Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank va Asakabankining korporativ portfeli eng yuqori darajada o‘smoqda.

Ushbu oy davomida muammoli kreditlar qoldig‘i 710 mlrd. so‘mga o‘sib, 21,5 mlrd. so‘mdan oshgan. Ba’zi davlat banklarida muammoli kreditlar kamaygani e’tiborli. Muammoli kreditlar qoldig‘i va ulushining o‘sishi asosan bitta bank Ipoteka bank hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!