NASA astronavtlari Sunita (Suni) Uilyams va Butch Uilmor taxminan olti soat davom etgan koinotdagi sayohatlarini yakunlashdi.
Bu haqda NASA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Koinotga chiqish davomida astronavtlar asosiy vazifalarni, jumladan, stansiya fermasidan antennani olib tashlash va Destiny laboratoriya moduli va Quest havo kamerasidan tahlil qilish uchun sirt namunalarini yig‘ish kabi vazifalarni bajarishdi.
Bu Uilyamsning to‘qqizinchi, Uilmorning esa beshinchi fazoga chiqishi edi. Umuman olganda, bu Xalqaro koinot stansiyada (XKS) yig‘ish, xizmat ko‘rsatish va modernizasiya qilish bo‘yicha ishlar doirasida fazogirlarning 274 marta fazoga chiqishidir. Uilyams NASAning sobiq astronavti Peggi Uitsonning ochiq koinotda umumiy ish davomiyligi bo‘yicha ayollar orasida rekordni yangiladi. Endi uning hisobida 62 soatu 6 daqiqa bor va bu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqarma ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi report.az.