Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Asossiz sudlangan shaxs reabilitasiya qilindi

Asossiz sudlangan shaxs reabilitasiya qilindi

Mamlakatimimzda  keyingi uch yildan oshiqroq vaqt mobaynida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, ya’ni sohani yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, faoliyati samaradorligini yuksaltirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini yuzaga keltirish, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va qonun asosida hal qilish kabi samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutig‘imizdir” deb bildirgan fikrlari, bundan keyin ham  sudlar tomonidan adolatni qaror toptirishdagi faoliyati samaradorligi oshirishda dasturilamal  bo‘ladi deb hisoblaymiz.  
Xususan,  o‘tgan 2019 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi tomonidan 56 shaxsga oid 36 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi va ajrimlarining chiqarilishi fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud tomonidan ishonchli himoya qilishning bir ko‘rinishi bo‘lib, quyidagi misolni keltirmoqchimiz:  
    O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan JKning 45-moddasiga asosan 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan A.Saloxiddinov (ism sharifi o‘zgartirilgan) Ichki ishlar organlarida jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasida ishlab, hokimiyat vakili, mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z xizmat mavqeidan qasddan foydalangan holda tamagirlik yo‘li bilan bir guruh bo‘lib, qiymati 5.176.000 so‘mga teng bo‘lgan  4 ming AQSh dollarini pora tariqasida olishib, shuncha miqdorda mulkiy naf ko‘rishganlikda aybli deb topilgan.
A.Saloxiddinov keltirgan Apellyasiya shikoyatida, birinchi bosqich sudi tomonidan ish holatlari to‘liq tekshirilmasdan, sudda aniqlangan dalillarga asosan hukm chiqarilmagani haqida vajlar keltirilib, sud hukmini bekor qilishni so‘ragan.
JPK ning 463-moddasi 1-qismiga muvofiq, ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim deb ko‘rsatilgan talabidan kelib chiqib;
Sudlov hay’ati, keltirilgan shikoyatni qanoatlantirib, sud hukmini bekor qilib, A.Saloxiddinovni O‘zbekiston Respublikasi JPKning           83-moddasiga asosan reabilitasiya qilish haqidagi fikrlarini tinglab, apellyasiya shikoyatida keltirilgan vajlarni jinoyat ishi hujjatlari bilan birga tahlil qilib, OQLOV  hukmi chiqarib, A.Saloxiddinovga, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, jinoiy ta’qib natijasida yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni hisoblangan Konstitusiyaning “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” bobida Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini  sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansaabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Muxtasar aytganda, mamlakatimiz taraqqiyoti, uning yanada gullab-yashnashi, fuqarolarning farovon hayot kechirishi hamda ularning xaq-huquqlari poymol bo‘lishini oldini olish, sud hokimiyatining shuningdek har bir davlat organi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasidir.  

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro
viloyat sudi raisi o‘rinbosari                                                  A.Shaydoyev

Kiritildi: 11:59 09.03.2020. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!