Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

“Ashxobod” sayilgohida 20 mingta shar uchirilishi yuzasidan ma’lumot berildi

A A A
“Ashxobod” sayilgohida 20 mingta shar uchirilishi yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Ashxobod” sayilgohiga o‘rnatilgan charxpalakdan 20 mingga yaqin shar yog‘dirilishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 10 aprel kuni “Ashxobod” sayilgohiga o‘rnatilgan charxpalakdan 20 mingga yaqin shar yog‘dirilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. “Gazeta.uz”ning poytaxt ekologiya boshqarmasiga tayanib yozishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Tashkilotning xabar berishicha, o‘rganishlar natijasida sharlar charxpalakdan emas, erdan 5 metr balandlikda joylashgan temir balkalardan yog‘dirilishi aniqlangan.

Mas’ullar “bayram arafasida tabiatga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda ishlarni tashkil etish” to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Kiritildi: 09:06 10.04.2024. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!