Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ashxobod bog‘i yaqinida temir yo‘l kesishmasida bitta ona bolani poyezd bosib ketgani rostmi?

A A A
Ashxobod bog‘i yaqinida temir yo‘l kesishmasida bitta ona bolani poyezd bosib ketgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ashxobod bog‘i yaqinida temir yo‘l kesishmasida bitta ona bolani poyezd bosib ketgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mazkur bog‘ hududida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari tashkil etilganini alohida ta’kidlash joiz.

Xususan, Ashxobod bog‘i yaqinida, Salar – Toshkent stansiya oralig‘ida mas’ul xodimlar joylashtirildi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishda harakatlanayotgan barcha yuk va yo‘lovchi poyezdlari mashinistlari ogohlantirilib, ularga alohida ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, mazkur yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan yuk poyezdlari muqobil yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Keles – Nazarbek – Dalaguzar – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdlari jo‘natiladi.

Kiritildi: 05:36 02.06.2024. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!