Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ash-Shara: Suriya urushdan qo‘rqmaydi

Ash-Shara: Suriya urushdan qo‘rqmaydi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara Isroil hujumlari va ichki to‘qnashuvlar fonida televideniye orqali chiqish qildi. U mamlakatning qadr-qimmatini himoya qilishga va’da berdi va Suriyani xaosga tortishga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

«Biz urushdan qo‘rqmaymiz. Biz doim xalqimizni himoya qilganmiz va qilib kelamiz», — dedi u.

Isroil Es-Suvayda viloyatiga zarbalarni kuchaytirgan. U yerda druzlar va beduinlar o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. 15 iyul kuni suriya armiyasi viloyat markaziga vaziyatni barqarorlashtirish uchun kirgan.

Ash-Shara druzlarni suriya xalqi bir qismi deb atadi va ularga qarshi qilmishlarda aybdorlarni jazolashga va’da berdi. Uning aytishicha, Es-Suvaydadagi noxushliklarni «jinoyati guruhlar» keltirib chiqarmoqda.

Oldinroq Isroillik ikki vazir — Itamar Ben-Gvir va Amixay Chikli — ash-Sharani o‘ldirishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 14:06 17.07.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!