Bu haqida Financial Times xabar berdi.
"2018 yilning martidan 2019 yilning sentyabrigacha Suriya naqd pullarini olib o‘tuvchi 21 ta reys amalga oshirilgan. Suriyadan umumiy og‘irligi 2 tonnaga yaqin bo‘lgan 100 dollar va 500 yevrolik banknotlarni olib ketayotgan samolyotlar Vnukovo aeroportiga qo‘ngan", deb yozadi gazeta.
Bundan tashqari, Asadning qarindoshlari o‘sha paytlarda Moskvada hashamatli ko‘chmas mulklar sotib olgan. Ular Moskva shahrida kamida 19 ta hashamatli kvartira sotib olgan. Shu bilan birga, 2018 yilga kelib, Suriyaning valyuta zaxiralari amalda nolga teng bo‘lgan.