Angliyaning arvohlar bilan to‘lib-toshgan Bodmin turmasi endi mehmonxonaga aylantirilar ekan. Mahalliy yo‘lboshlovchilar turistlarga mazkur binodagi sharpalar haqida ogohlantirishni burchlari deb bilishadi.
Tashlab qo‘yilgan va xaroba bu turma Jon Koll tomonidan rejalashtirib qurilgan bo‘lib, 1779 yilda fransuz asirlari saqlangan. U deyarli 150 yil davomida faoliyat yuritib, 1927 yilda yopib qo‘yildi. Bu payt oralig‘ida unda 50 ta o‘lim jazosi ijro etilgan.
Hozirgi kunda mahalliy gidlar mazkur binodagi sharpalar haqida tobora ko‘proq bong urmoqdalar. Hatto 2017 yilda britaniyalik "arvohlar ovchisi" Toni Fergyuson ulardan birini suratga olishga ham muvaffaq bo‘lgan. Fergyusonning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z kamerasini koridorda yoqilgan holda qoldirib, o‘zi ketgan. Shu vaqt oralig‘ida esa kameraga sharpa tushib qolgan.
Yangi qurilajak mehmonxonada 63 ta xona bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Mehmonxonaga ko‘proq yorug‘lik tushishi uchun yangi binoning tomi shishadan qilinishi rejalashtirilgan.
Manba: ru.tsn.ua