Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Arsenal" Vinisiusga erisha olmadi

"Arsenal" Vinisiusga erisha olmadi

Londonning "Arsenal" klubi "Real Madrid" vingeri transferidan voz kechib, e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratadi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "kanonirlar" futbolchining moliyaviy talablarini bajarishga va uni jamoaga olib o‘tishga bir necha bor urinib ko‘rgan. Biroq transfer amalga oshmagach, klub rahbariyati hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

"Albatta, bu ma’lum ma’noda noxush holat, lekin bunday natija ehtimoliy ssenariy sifatida qaralgan, asosiy variant deb baholanmagan. U hech qachon "Arsenal" uchun yagona nomzod bo‘lmagan", — deya ta’kidlagan londonliklar vakili nashrga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni "Real Madrid" ushbu futbolchi bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirganini rasman e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 10:58 07.08.2026. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!