Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Armanistonning yangi bosh vaziri Tramp, Mey va Mogerini bilan ilk uchrashuvlarini o‘tkazdi

Armanistonning yangi bosh vaziri Tramp, Mey va Mogerini bilan ilk uchrashuvlarini o‘tkazdi

Armanistonning yangi bosh vaziri Nikol Pashinyan Bryusselda NATO sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan suhbatlashdi. 

8 may kuni bosh vazir lavozimini egallagan Pashinyan uchun bu jahon yetakchilari bilan ilk uchrashuv bo‘ldi.

Pashinyan NATOga a’zo davlatlar delegasiyalari rahbarlari sharafiga uyushtirilgan kechki tanovulda ishtirok etgan. U, shuningdek, Afg‘onistondagi “Qat’iy ko‘mak” amaliyotiga jalb qilingan, NATOga a’zo bo‘lmagan davlatlar yetakchilari uchrashuvida ishtirok etgan.

Pashinyan Mogerini bilan uchrashuvda Armanistondagi islohotlarni muhokama qilgan. Mogerini, o‘z navbatida, Armaniston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining kelajagi porloqligiga ishonch bildirgan. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 13:38 12.07.2018. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!