Armanistonda hukumatdagi korrupsiyaga oid jurnalistik tadqiqotlari bilan tanilgan muxbir Lilit Agekyan hibsga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha soat oldin qo‘lga olingan va hozirda polisiya hibsxonasida. Qayd etilishicha, Lilit Agekyanga advokati va onasi bilan uchrashishga ruxsat berilmagan.
Jurnalistning hibsga olinishi sabablari aytilmagan.
Lilit Agekyan, mahalliy matbuotning ta’kidlashicha, Gyumri hokimiyatining korrupsiya, turli jinoyatlar va boshqa qonunbuzarliklar haqidagi ko‘plab faktlarini oshkor qildi.