27 may, dushanba kuni ertalab Armanistonda hukumatga qarshi namoyishlarda 226 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Armanistonning News.am internet nashri mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar polisiya bo‘limlariga olib ketilgan.
Avvalroq, shu kuni ertalab Rossiyaning «Interfaks» axborot agentligi mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, namoyishning 197 nafar ishtirokchisi qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.