Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Armanistonda «firibgarlarning omadsiz to‘ntarishi» haqida xabar berildi

Armanistonda «firibgarlarning omadsiz to‘ntarishi» haqida xabar berildi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida mamlakatda davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish amalga oshganini ma’lum qildi. U bu voqeani «firibgarlar tomonidan amalga oshirilgan omadsiz to‘ntarish» deb atadi va Civic nashri maqolasiga havola ilova qildi.

Civic’ning ma’lum qilishicha, Armaniston muxolifati hukumatni ag‘darish bo‘yicha «To‘ntarish strategiyasi» deb nomlangan yetti betlik reja ishlab chiqqan. Bu hujjat muxolifatdagi ishonchli manbalar tomonidan taqdim etilgani aytilgan.

Rejaga ko‘ra, to‘ntarish 2024 yil 23 iyulda boshlanishi kerak edi. Hujjatdagi «inson resursi» bo‘limida quyidagilar tilga olingan: sobiq prezidentlar Robert Kocharyan va Serj Sargsyan, «Vatan nomidan Tavush» harakati yetakchisi Bagrat Srbazan, tadbirkor Samvel Karapetyan, «Gullab-yashnayotgan Armaniston» partiyasi asoschisi Gagik Sarukyan, shuningdek, Rossiyaning «Gazprom Armeniya» va RJD’ga tegishli bo‘lgan Janubiy Kavkaz temir yo‘li.

Strategiyaning sakkizinchi, ya’ni yakuniy bosqichida vaqtinchalik kengash tuzish, «institusional o‘tish davri», xalqaro miqyosda yangi rejimni tan olish va «oldingi tizim qoldiqlarini tozalash» ko‘zda tutilgan. Barcha jarayonlarni 30 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi.

2024 yil yozida Armanistonda «Vatan nomidan Tavush» harakati tashabbusi bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Harakat yetakchisi — Armaniston Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari Galstanyan Azerbayjon bilan chegara masalasida tuzilgan kelishuvga qarshi qat’iy chiqishlar qildi.

Bu tanqidlardan so‘ng, Pashinyan Armaniston Apostol cherkovini va shaxsan Katolikos Garegin II ni ommaviy ravishda tanqid qila boshladi. U Katolikosni selibat qoidasini buzganlikda ayblab, iste’foga chiqishga chaqirdi. Cherkov esa javoban Pashinyanni «o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan» va cherkovga qarshi nomaqbul kampaniya olib borayotganlikda aybladi.

Kiritildi: 10:53 25.06.2025. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!