Erevanning bildirishicha, Ozarbayjon harbiylari Tex jamoasi hududida muhandislik ishlari olib borayotgan arman askarlariga qarata o‘t ochgan. Bunga javoban arman tomoni o‘t ochgan.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi.
Shuningdek, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston hududidan o‘qqa tutilishi natijasida respublika Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani va jarohat olgani haqida xabar berdi.