Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston qo‘shinlari Qozog‘istonni tark etdi

Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston qo‘shinlari Qozog‘istonni tark etdi

KXSHTning Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiy bo‘linmalari Olmaotadan chiqib ketdi. Bu haqda 14 yanvar, juma kuni “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Armaniston bo‘linmalari o‘z transport vositalari va shaxsiy tarkibini Rossiya Aerokosmik kuchlarining uchta Il-76 harbiy-transport samolyotiga ortib, Olmaota aerodromidan havoga ko‘tarilgan.

O‘z navbatida, tojikistonlik harbiy xizmatchilar Rossiyaning bitta Il-76 samolyoti bortida ta’til paytida Qozog‘iston harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarini o‘zlari bilan olib ketishgan.

Qirg‘iziston tinchlikparvar kuchlari o‘zlari himoya qilgan Olmaota IYES-2 hududidan o‘z karvonida o‘z davlati chegarasi tomon harakatlanishdi. Ular Qirg‘iziston hududiga 250 km ga yaqin masofani bosib o‘tishlari kerak. Karvon tarkibida Dajiang zirhli mashinalari ham bor.

Kiritildi: 13:58 14.01.2022. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!