Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Rossiya siyosatchilarini Armaniston ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Rossiya siyosatchilarini Armaniston ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Ararat Mirzoyan bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Rossiya rasmiylari, parlament a’zolari va ekspertlari Armaniston suverenitetiga katta hurmat bilan yondashishlari va bundan buyon hech qachon bizning ichki ishlarimizga aralashishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Janob Lavrov ham Armanistonning ichki ishlariga va ichki siyosatiga aralashmasin", — deya ta’kidladi Armaniston TIV rahbari.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Armanistondagi vaziyat bu mamlakatning ichki ishi ekanligi, ammo mamlakatda cherkovga hujumlar tashvishga sabab bo‘layotganligini" aytgan edi.

Mirzoyan Lavrovning "cherkovga hujumlar" haqidagi bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. "Armanistonda hukumat tomonidan cherkovga qarshi kurash yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Mirzoyan.

Kiritildi: 17:43 30.06.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!