Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Pashinyan G‘alaba kunini nishonlashga taklif etilganini ma’lum qildi.
"Nikol Vovayevich Pashinyan MDHning boshqa rahbarlari qatori tantanali tadbirlarga taklif etilgani va kelishni rejalashtirgan hamda rejalashtirayotgani ma’lum fakt, deb o‘ylayman. Ammo bu ma’lumotni tasdiqlash uchun, albatta, Rossiya Federasiyasi prezidenti ma’muriyatiga va, shubhasiz, Armaniston tomoniga murojaat qilish lozim.
Harbiy bo‘linmalarning ishtirokiga kelsak, men turli mamlakatlardan harbiy bo‘linmalar ishtirok etishi rejalashtirilayotganini aytdim, biroq aniq ma’lumotlar uchun Rossiya Mudofaa vazirligiga murojaat qilish kerak, chunki ular parad o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan shug‘ullanmoqda," - deya qo‘shimcha qildi Zaxarova.
Bundan oldin Ukraina Tashqi ishlar vazirligi "betaraf" davlatlarning 9 may kuni Moskva paradida ishtirok etish uchun harbiylarni yuborishi ularning "betaraflik" maqomini buzish sifatida baholanishini ma’lum qilgandi.