Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasida imzo to‘plashni boshlamoqchi

Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasida imzo to‘plashni boshlamoqchi

Armaniston Markaziy saylov komissiyasi "Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini kiritish maqsadida tashabbus guruhini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hujjat 51 nafar fuqarodan iborat guruh tomonidan taqdim etilgan. Ular "Respublika" partiyasi raisi o‘rinbosari Artak Zeynalyanni o‘zlarining vakolatli vakili etib tayinladilar.

MSK 10 kun ichida tashabbusni ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki rad etishi mumkin.

Avvalroq parlament spikeri Alen Simonyan Latviyaga tashrifi chog‘ida Armaniston yaqin kelajakda YEIga qo‘shilish imkoniyati masalasini referendumga qo‘yishi mumkinligini aytgandi.

Kiritildi: 17:12 05.09.2024. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!