Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Armaniston YEI bilan vizani liberallashtirmoqchi

Armaniston YEI bilan vizani liberallashtirmoqchi

Armaniston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Mger Grigoryan Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Margaritis Sxinas bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakuni bo‘yicha bayonot berib, Yevropa Ittifoqi bilan viza siyosatini liberallashtirish bo‘yicha muloqot boshlanganini rasman e’lon qildi.

6 sentyabr kuni YEK Sxinas Yerevanga borishini ma’lum qilgandi. Safardan ko‘zlangan maqsad YEI mamlakatlariga qisqa muddatga kirayotgan Armaniston fuqarolari uchun dastlabki viza olish zaruratini bekor qilishga kelishish edi. Shu bilan birga YEK Yerevanga chegara, migrasiya, xavfsizlik va sayohat masalalariga oid asosiy huquq va erkinlikni hurmat qilish yo‘lida islohot o‘tkazish zarurligini eslatgan.

Grigoryanning fikricha, Armaniston bu jarayonni migrasiya va chegarani boshqarish sohalarini modernizasiya qilishga qaratilgan strategik kun tartibi sifatida ko‘radi.

Kiritildi: 09:55 11.09.2024. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!