Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Armaniston-AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

A A A
Armaniston-AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Armaniston AQSh tinchlikparvar kuchlari bilan “Eagle Partner 2023” qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi.

Mashg‘ulotlarning ochilish marosimi Yerevan yaqinidagi “Zar” o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.

Mashqlarda 85 nafar amerikalik va 175 nafar arman askari ishtirok etmoqda.

AQSh armiyasining Yevropa va Afrika qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar har ikki davlatga taktik darajadagi aloqalarni o‘rnatish va tinchlikparvar operasiyalar uchun bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini oshirish imkonini beradi.

Mashg‘ulotlar 20 sentyabrga qadar davom etadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Armaniston va AQSh o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shmasligini aytdi.

Kiritildi: 17:28 11.09.2023. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik