Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Argentinada 12 shampan qutisidan nasistlarga tegishli hujjatlar topildi

Argentinada 12 shampan qutisidan nasistlarga tegishli hujjatlar topildi

Argentinada 12 shampan qutisidan nasistlarga tegishli hujjatlar topildi. Mahalliy Perfil nashriga ko‘ra, materiallar mamlakat Oliy sudi binosi yerto‘lasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda topilgan. Ular orasida Argentina fashistlari partiyasining pasportlari, a’zolik kartalari, daftarlari va targ‘ibot materiallari bor edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlar mamlakatga 1941-yilda Yaponiya kemasida kelgan. Ular go‘yoki Tokiodagi Germaniya elchixonasi tomonidan yuborilgan.

Oliy sud raisi Horasio Rosatti materiallarni doimiy nazorat ostida xavfsiz joyga ko‘chirishni buyurdi. Shuningdek, hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus ekspert guruhi tuzishga qaror qilindi. Ular Buyenos-Ayres Xolokost muzeyi yordami bilan baholanadi.

Kiritildi: 11:07 13.05.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!