Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Arda Guler: "Real Madrid" afsonasiga aylanishni xohlayman

A A A
Arda Guler: "Real Madrid" afsonasiga aylanishni xohlayman

Turkiyalik yarim himoyachi Arda Guler "Fenerbaxche"dan "Real"ga o‘tgandan keyin orzulari haqida gapirdi.

«Evropaning ko‘plab klublari menga katta qiziqish bildirishdi, ammo dunyoning eng yaxshi jamoasi «Real» sizga taklif qilsa, qaror aniq bo‘ladi. Men bu klub tarixiga kirib, uning afsonasiga aylanishni istayman. "Real Madrid" tarixi davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, men bu kuboklarning barchasini hozirgina ko‘rdim va aytishim mumkinki, bu ajoyib tuyg‘u. Men "Real Madrid"ga, eng buyuk klubga ishlash va rivojlanish uchun kelganman.

Esimda, Rodrigo, Vini, Kamavinga va Valverde xuddi men kabi 18 yoshida «Real»ga o‘tgan. Bu lahzani juda yaxshi eslayman. Ular juda yaxshi o‘yinchilar, endi hammasi mening sheriklarim bo‘lishadi. Kumirlarga kelsak, menga doim Zidan, O‘zil yoki Gutining o‘yini yoqqan. Menda hatto O‘zil bilan birga o‘ynash imkoniyati ham bo‘lgandi”, — dedi Guler klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 06:30 13.07.2023. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!