Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Arag‘chi: "Tehron Vashingtonga mutlaqo ishonmaydi"

Arag‘chi: "Tehron Vashingtonga mutlaqo ishonmaydi"

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Tehron Vashingtonga mutlaqo ishonmasligini ma’lum qildi.

Bu haqda Arag‘chi Saudiya Arabistonining "Al-Ixboriya" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

AQSh bilan bo‘lgan muzokaralar tajribasiga tayanib, Eron TIV rahbari ko‘p hollarda muzokaralar AQShning "hujumi" bilan yakunlanganini bildirdi.

"Amerika tomoni bilan shunday muzokaralarimiz bo‘lganki, ular mamlakatimizga qarshi urush boshlanishi bilan yakun topgan. Tajriba shuni isbotladiki, muzokaralar jarayonida amerikaliklarga aslo ishonib bo‘lmaydi", — deya Araqchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.

Kiritildi: 11:00 21.10.2026. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik